“Kashima Antlers” klubi bosh murabbiyi Go Oiva “Real”dan uchralgan mag'lubiyat sabablarini tushuntirib berdi.
“Agar biz o'yin boshidagi hujumlarimizni omadli yakunlaganimizda, hozir hisob boshqacha ko'rinish olgan bo'lardi. O'z xatolarimiz evaziga “Real”ga imkoniyat tortiq etdik.
Tanaffusda yigitlardan ko'proq mehnat qilish kerakligini tushuntirgan edim, ammo ikkita gol o'tkazib yuborgandan so'ng uyqudan uyg'ondik.
Mag'lubiyat javobgarligini o'z zimmamga olaman, ammo jamoa futbolchilari yaxshiroq o'ynashi ham mumkin edi. Kimdir himoyada o'ynashdan charchagani sabab hujumda o'zini ko'rsata olmadi. Jarohatlar sabab ikki futbolchini almashtirishga majbur bo'ldim”, – deydi murabbiy.