“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl “Kashima”ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Asosiysi bugungi g'alaba va biz finalda o'ynaymiz. Muhimi esa jamoaga tekkan foydam va bu gollar bilan final yo'llanmasi hal bo'ldi. Men bu erga futbol o'ynash uchun kelganman.
Menga bundan ortiq hech nima kerak emas va hech kimga javob qaytarishga shoshilmayman. Biz hali final haqida o'ylab ko'rmadik.
Keyingi raqib haqidagi o'ylar ertadan kelishni boshlaydi. Ha, albatta yana bir sovrin yutishni istayman”, deydi Beyl.