“Real” bosh murabbiyi Santyago Solari “Kashima” bilan o'yin (3:1) dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Juda ham ajoyib. Beylning xet-trigidan xursandman. Bundan tashqari uning jamoada etakchi rolini bajarayotgani meni yanada xursand qiladi. Hatto o'yin startida raqib bosim o'tkazgan bo'lsada, ularga qarshi qanday o'ynash kerakligini sezdik.
Keyin gol urdik va ketma-ket 2 ta gol. So'ngra o'yinni o'z nazoratimizga oldik. Bizning energiya va kontsentratsiyamiz darajasi bu o'yinda juda muhim edi.
Endi yaxshiroq dam olishga harakat qilamiz, chunki “Kashima”ni mag'lub etib, finalga yo'l oldik. Gollar va o'yinga bo'lgan jiddiylik hamda futbolchilar harakati bilan biz finaldamiz.
Final? Albatta, bu o'yinga ham har doimgidek tayyorgarlik ko'ramiz va yuqori kayfiyatda Madridga qaytamiz degan umiddaman. “Real”ning maqsadi faqat g'alaba”, deydi Solari.