"Madrid" Joze Mourinyoni ortga qaytarmoqchi deya xabar beradi, El Pais.
Kechagina "Manchester Yunayted"dan iste'foga chiqarilgan murabbiy bilan madridliklar a'loqaga chiqgan va unga qaytishi mumkinligini aytib o'tishgan, deya xabar beradi yuqoridagi nashr. Aynan Jozeni ortga qaytishini eng ko'p xohlayotgan shaxslardan biri vitse-prezident Xose Anxel Sanches deya qaralmoqda. Bunga Florentino Peres ham qarshilik bildirmaganini ham aytib o'tish joiz.
Sanches Santiago Solari "Real"dagi birinchi kunidanoq Mourinyoning agenti Jorje Mendesh bilan a'loqaga chiqgan, biroq Mendesh Mourinyoni "MYU"dan ketmoqchi emasligini ta'kidlaganini Sanchesga yetkazadi. Shuningdek, o'shanda jamoada futbolchilar ham Mourinyoni qaytishini ma'qullashgan.
Oldinroq Joze yiliga 15 mln yevrolik taklifni rad etganidan so'ng, hozirda "Qirollik klubi" unga yiliga 20 mln yevro taklif etayotganini ma'lum etadi.
Bobojonov