"Real" hujumchisi Alvaro Morata jamoasini tark etish istagini ma'lum qildi
Xabarlarga ko'ra, madridliklar futbolchi uchun 80 mln evro so'ramoqdalar va bu summani kamaytirmoqchi emaslar.
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchini qolishga undab ko'rdi, ammo natijasiz. Krishtianu Ronalduning "MYu" ketish ehtimoliham Morataning qarorini o'zgartira olmadi.
Futbolchi doim maydonga tushishni istaydi. Avvalroq, "MYu" ustozi Morata jamoada muhim rol o'ynashi haqida fikr bildirgan edi.
Ayni paytda klublar muzokaralarni davom ettirmoqdalar.