"Real Madrid" klubi va Gollandiyaning "Vitess" klubida ijara asosida to'p surayotgan yarimhimoyachisi Martin Edegor Norvegiyaning NG nashriga intervyu berib o'tdi.
"Men har doim ular meni boshqa klubga ijaraga berishlari haqida o'ylardim. Oldindan buni sezganman. Mening asosiy maqsadim " Real Madrid" tarkibida o'ynash va men to'g'ri yo'l tanlaganimni isbotlash. Qachon o'ynashimni ahamiyati yo'q. Keyingi yoz, balki 3 mavsumdan keyindir, buning ahamiyati yo'q. Men hali yoshman, oldinda ko'p yillik kareram turubdi va 5, 6 yildan so'ng o'zimning pik formamga chiqish imkoniyatim bor", - deydi 20 yoshli futbolchi.
Bobojonov