"Real" futbolchilari Garet Beyl va Marko Asensio kechagi mashg'ulotlarda kichik jarohat olib mashg'ulotni oxirgacha yakunlay olmaganligi haqida bugun xabar berildi. Biroq hozirda olingan xabarga ko'ra ikkala futbolchi ham "Kashima"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Boshqa bir futbolchilar Kazemiro va Regilon aniq bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. Murabbiylar shtabi ular bilan tavakkal qilishni xohlashmayapdi.
Demak bugun Llorente-Kroos tandemini ko'ramiz.
Eslatib o'tamiz, "Kashima Antlers"ga qarshi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan 21:30 da bo'lib o'tadi.