Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl safga qaytdi.
Marca nashrining xabar berishicha , “qaymoqranglilar”ning murabbiylar shtabi klublar o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionatida “Kasima Antlers”ga qarshi o'yinda uelslik futbolchini maydonga tushirishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Beyl jarohat olgani bois chempionlar ligasi doirasida TsSKA va primerada “Rayo Valkano”ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yubordi.