"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari klublar o'rtasida jahon chempionati yarimfinali oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Madridliklar bugun musobaqa yarimfinalida yaponiyaning "Kasima Antlers" klubiga qarshi o'ynaydilar. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
"Menga bu musobaqa yoqadi, unga katta ahamiyat beraman. Bu erga kelish uchun uzoq yo'lni bosib o'tish: chempionlar ligasini yutish kerak. O'ylaymanki, "Kasima Antlers" ikki yilda yanada o'sgan. Ular chempionlik maqomida kelganlar tarkibida 3-4 chet ellik kuchli o'yinchilar bor. Bu tezkor, to'g'ri futbolni afzal ko'radigan jamoa. Ularning huumchilari tezkor. Ertaga bizni munosib jamoa bilan ajoyib o'yin kutib turibdi", - deydi Solari.