Sobiq "Real Madrid" va Ispaniya terma jamiasi futbolchisi Alvaro Arbeloa futbolchilar faoliyatini 34 yoshida yakunlamoqda.
"Jismoniy tarafdan men yana o'ynashim mumkin. Ammo xayrlashadigan vaqt keldi. "Real Madrid" - mening xayotim bo'lib qoladi, men ularga hech qachon telefon qilib ish so'ramayman, ammo men hamish ulardan taklif kutaman." - dedy Arbeloa Marca nashriga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda, Arbeloa "Vest-Xem" tarkibida o'tkazdi. Oyog'idan qattiq jarohat olganidan so'ng futbolchi mavsumni ko'p qismini jarohatni davolash bilan o'tkazdi. Umumiy hisobda Alvaro APLda 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Arbeloa 15 yillik faoliyatini "Real"ga bag'ishlagan va orada 2 mavsum "Liverpul" safida to'p surib yana "Madrid"ga malakasini oshirib qaytgan.
Qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsak 34 yoshli himoyachi futbolchi jamoaviy hisobda nimani yutish kerak bo'lsa barcha sovrinlarni yutgan. "Real" bilan ikki marta Chempionlar Ligasi, La Liga, Qirol kubogi, Ispaniya superkubogi, UEFA Superkubogi, Klublar o'rtasida jahon chempioni. Ispaniya terma jamoasi safida esa 57 ta o'yin o'tkazgan va ikki marta Yevropa chempioni (2008-2012), 2010-yilgi jahon chempioni.