«Real» rahbariyati Evropa chempionlar ligasining 6-turi doirasida bo'lib o'tgan TsSKAga qarshi o'yindagi mag'lubiyat tufayli jamoa bosh murabbiyi Santyago Solariga jiddiy e'tiroz bildirdi.
Direktorlar kengashi ushbu o'yin uchun tanlangan tarkibdan hayron bo'lishdi. "Real" muddatidan avval EChLda guruh g'olibligini qo'lga kiritib bo'lgan bo'lsa-da, so'nggi turdagi mag'lubiyat tufayli 3 million evro mukofot pulidan mahrum bo'ldi.