"Real" klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa faoliyatini tugatganligini e'lon qildi. Futbolchi buni Marca nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Xayrlashadigan vaqt keldi. Jismoniy holatim yana o'ynashga tayyor edi. Madrid - mening hayotim, ammo hech qachon ularga qo'ng'iroq qilib ish so'ramayman, ammo qo'ng'iroqlarni shitishga doim tayyorman", - deydi Arbeloa.
34 yoshli Arbeloa "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Real"ga qaytishdan avval "Deportivo" (2006-2007) va "Liverpul" (2007-2009) klublari safida o'ynagan. O'tgan mavsumni u "Vest Hem"da o'tkazdi va 4 uchrashuvda qatnashdi.
Arbeloa Ispaniya termasi safida jahon chempioni(2010) va ikki karra Evropa chempioni (2008, 2012) hisoblanadi. "Real" bilan ikki marta EChL g'olibi (2014, 2016), UEFA Superkubogi sohibi (2015) va klublar o'rtasida jahon chempioni (2015) bo'lgan. Ispaniya chempioni (2012), Ispaniya kubogi (2011, 2014) va Ispaniya Superkubogi (2013) egasi.