«Real» hujumchisi Garet Beyl o'zining jismoniy va ruhiy holati haqida axborot berdi.
«Avvalgi mavsumning katta qismini jarohatlar tufayli o'tkazib yubordim. Hozir o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Yangi mavsumni «Real» tarkibida o'tkazaman, hech qaerga ketmayman. Men buyuk jamoaning ajoyib muxlislari uchun sovrinlarni yutib olishga tayyorman» - dedi Beyl Goal xabarida.
Avvalroq, Beyl bilan PSJ va Manchester Yunayted qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.