Braziliyalik vunderkind Vinisius Junior TuttoSport nashri ta'sis etgan Golden Boy sovrinida kuchli beshlikdan joy oldi.
21 yoshdan katta bo'lmagan futbolchilarga topshiriladigan sovrin "Ayaks" sardori, Gollandiya terma jamoasida hozirdanoq 13 o'yin o'tkazgan markaziy himoyachi 19 yoshli Matteys de Ligtga topshirildi. De Ligt 224 ochko bilan sovringa ega chiqdi.
Undan keyingi o'rinlarda Trent Arnold ("Liverpul" 149), Jastin Klyuvert ("Roma" 101), Patrik Kutrone ('Milan" 97) va Vinisius Junior ("Real" 90).
Bobojonov