Ispaniyalikning hozirgi xolati katta klublarning diqqat markazida.
"Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda Isko zahira o'rindig'ida qoldirildi va bu narsa Solari qo'l ostida 4-marta qaytarildi. Onda Cero nashri xabariga ko'ra bu xolat Yevropa grandlarining diqqat markazida bo'lib turubdi, ayqnisa "Manchester Siti"ning.
"Siti" bosh direktori Ferran Soriano, sport direktori Chiki Bigiristayn va albatta 26 yoshli futbolchining muxlisi Xosep Gvardiola Iskoni o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. Gvardiola David Silva o'rniga Isko ideal nomzod sifatida qaramoqda.
Ushbu xabar beruvchi Fernando Burgosning aytishicha Gvardiola Isko bilan a'loqaga chiqgan. Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra transfer xatto qishda sodir bo'lishi mumkinligi aytilmoqda. Futbolchining o'zi ham jamoadagi xolatidan qoniqish xosil qilmayapdi va jamoadan ketishga tayyor.
Bobojonov