"Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi uchun Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l oldi. "Qirollik klubi" musobaqada ishtirok etish uchun 23 nafar futbolchining ro'yxatini topshirgan bo'lsa-da, bosh murabbiy Santyago Solari musobaqa 25 nafar o'yinchini olib ketishga qaror qildi.
Davrozabonlar: Keylor Navas, Tibo Kurtua, Kiko Kasilya.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Xesus Valexo, Rafael Varan, Serxio Ramos, Nacho, Marselo, Alvaro Odriosola, Regulon, Xavi Sanches.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Markos Lorente, Isko, Marko Asensio, Dani Sebalos.
Hujumchilar: Mariano Dias, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Vinisius.
Eslatib o'tamiz, "Real" musobaqaning yarim final bosqichida Yaponiyaning "Kashima Antlers" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Bahs 19 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.