"Rayo Valekano" hujumchisi Serhio Moreno faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.
Skautlar 19 yoshli forvardning o'yinlarini kuzatishmoqda. "Real" Morenoni to'g'ridan to'g'ri qo'lga kiritmoqchi. Buning uchun ular hozirda "Rayo"da ijara asosida to'p surayotgan Raul de Tomasni berishga tayyor.
Morenoning tovon puli 25 mln yevro qilib belgilangan. Futbolchiga shuningdek "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda.
Bobojonov