"Real" va "Manchester Yunayted" madridliklar hujumchisi Alvaro Morata bo'yicha muzokara o'tkazdilar, deya xabar beradi Marca.
Ispaniya termasi futbolchisi EChL finalidan "Yuventus" bilan uchrashuvdan so'ng (4:1) klubini o'zgartirishga qaror qildi va o'z qarorini o'zgartirmoqchi emas. Futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ga bo'lishni istamoqda, ammo "Qirollik klubi"da bu oson emas. Madridliklar ustozi Zinedin Zidan futbolchidan ayrilishni istamayapti va bu borada u bilan gaplashib olgan.
Morata Ispaniya chempionatining o'tgan mavsumida 26 marta maydonga tushgan, ulardan 14 tasida boshlang'ich tarkibda bo'lgan. 15 ta gol urib, 4 ta golga to'p oshirgan.