Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua o'tkazib yuborilgan gollar bo'yicha antirekord o'rnatdi.
Belgiyalik posbon 16 ta o'yinda 21 ta gol o'tkazib yubordi. Kurtuaning darvozasiga raqib jamoalar 13 ta o'yinda 18 ta gol urishgan bo'lsa, chempionlar ligasida u 3 ta TsSKAdan o'tqazib yubordi.
Bu uning faoliyatidagi eng yomon natija bo'ldi. 26 yoshli darvozabon “Genk” sharafini himoya qilgan vaqtida 16 ta o'yinda 19 ta gol o'tkazib yuborgan edi. “Chelsi” ikki marta 18 gol va “Atletiko” safida 17an kamroq o'tkazgan.