Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Konfederatsiyalar kubogi guruh bosqichining 3-turida Krishtianu Ronalduga dam berishi mumkinligini istisno qilmadi. Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda u tarkibda rotatsiya qilmoqchi.
«Barcha Ronalduni maydonda ko'rishni istaydi, jumladan, men ham. Lekin Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda uni maydonga tushiramanmi yoki yo'q — hozircha bilmayman. Shuni aniq ayta olamanki, 3-tur bahsida rotatsiyani amalga oshiraman», – dedi Santush.
Eslatib o'tamiz, Yangi Zelandiya – Portugaliya uchrashuvi bugun, 24 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.