"Real" darvozaboni Keylor Navas kamida ushbu mavsum oxiriga qadar jamoada qoladi. U qishki transfer paytida jamoani tark etmaydigan bo'ldi. Buning uchun bir nechta sabablar bor, deya xabar tarqatdi Marca nashri.
Birinchidan, Navasning turmush o'rtog'i fevral oyida farzandni dunyoga keltirishi kutilmoqda. Mazkur oilaviy sabab tufayli futbolchi Madridni tark etishni rejalashtirmayapti. Kosta-rikalik posbonning Madridda uyi bor. U faoliyatini yakunlaganidan keyin shu erda yashamoqchi.
Ikkinchidan, Navas faoliyatini davom ettirish uchun shu kungacha yaxshi taklif olmadi. Evropaning deyarli barcha top-klublari hozirda yuqori saviyadagi asosiy tarkib darvozaboniga ega. Bundan tashqari, har qanday klub ham uning maoshini to'lab bera olmadi. U hozirda "Real"da 5 million evro yillik maosh olmoqda.
Shu bois, Keylor Navas 2019 yilning yoziga qadar "Qirollik klubi" safida qoladi.
Darvoqe, kosta-rikalik futbolchi bugun 32 yoshga to'ldi.