Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi faoliyatini “A” Seriyada davom ettiradi.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, 52 yoshli murabbiy “Roma”ni boshqarishga yaqin turipti. Rimliklar tez oradi Eusebio Di Francheskoni iste'foga chiqaradi.
Eslatib o'tamiz, “Roma” 15-turdan so'ng Italiya chempionatida 8-o'rinda bormoqda.