Sobiq "Santos" klubi ustozi Murisi Ramalyo "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi. Shuningdek, u shogirdi Neymarni ham Ronaldu va Messi bilan saviyasi bir xil ekanligini ta'kidladi.
"Bugungi kunda Krishtianu - eng zo'ri. Undagi professionallikni hech kimda uchratmaysan. Uning futbolga bo'lgan munosabati aql bovar qilmas darajadi. Messi va Neymarga kelsak ular hozirda bir xil saviyada. O'ylashimcha, yana 2 yildan so'ng Neymar dunyoda 1-raqamli eng yaxshi futbolchi bo'ladi. Boz ustiga u hali yosh." - deydi sobiq murabbiy.