Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo jamoa yarim himoyachisi Iskoning EChL doirasida TsSKA ga qarshi o'yinda sardorlik bog'ichidan voz kechganligi haqida gapirdi.
“Men sardorlik bog'ichini Iskoga bermoqchi bo'ldim, biroq u buni qabul qilmadi va menga buni Karvaxalga topshirishni aytdi. Men uning rad etgani sababini tushunmadim”, - deydi Marselo.
Eslatib o'tamiz, Marselo ushbu uchrashuvda maydonga jamoani boshlab chiqqan va 74-daqiqada sardorlik bog'ichini Daniel Karvaxalga topshirdi.