“Bavariya” yarim himoyachisi Xames Rodriges yana jamoadan ketish haqida o'ylay boshladi.
Avvalroq, futbolchi myunxenliklar safida qolmoqchi ekanligi haqida aytgandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Isko bilan xayrlashishi kutilayotgan “Real”ga qaytmoqchi.
Elconfidencial.com nashrining xabariga ko'ra, 26 yoshli kolumbiyalik futbolchi “Real” prezidenti Florentino Peres bilan gaplashishiga ham ulgurdi.
Manbaning xabariga ko'ra, “Real” yana bir bor Hamesga imkoniyat bermoqchi.