Braziliyaning «Flamengo» klubi hujumchisi Vinisius Junior katta ehtimol bilan «Real»ga o'tadi.
Globoesporte xabariga ko'ra, 17 yoshli iqtidor «Barselona» klubiga 25 mln evro evaziga o'tishga yaqin edi. Ammo «Real» bu narxning ustiga 20 mln evro qo'shib, futbolchini ilib ketishga muvaffaq bo'ldi.
Vinisiusning vakillariga to'lanadigan qo'shimcha bonuslar orqali uning transfer narxi 61 mln evro bo'ladi.
Braziliyada «Yangi Neymar» deb nom olgan Vinisius Madridga 2018 yil yozida kelishi kutilmoqda.