"Chelsi" klubi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte nima uchun "Real"ni boshqarishdan bosh tortgani haqida aytib o'tdi. Eslatib o'tamiz, Xulen Lopetegi iste'foga chiqarilgach, italiyalik mutaxassis "qaymoqranglilar"ni boshqarish uchun asosiy nomzod sanalgandi. Ammo Konte bu taklifga rad javobini berdi.
«Men yangi ish topish uchun iyungacha kutishga qaror qildim. Kim biladi deysiz, balki, yana 2-3 oydan keyin menda ishlash ishtiyoqi paydo bo'lar. O'shanda yolg'on gapirgan bo'lib chiqaman.
O'ylashimcha, murabbiylar jamoaga o'z tajribasini bera olishi kerak. O'z navbatida mutaxassis futbolchilarning hurmatini qozona olishi bo'lishi lozim. Bu juda muhim. Agar futbolchilar murabbiyni hurmat qilmasa, klubda muammolar boshlanadi», — dedi Konte Rai Sport'ga bergan intervyusida.