Xulen Lopetegining "Real" boshqaruvidagi faoliyati yakuniga etib qoldi. "Barselona"ga qarshi o'yinda uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan keyin iste'foga chiqarilishini mutaxassisning o'zi ham sezib turibdi. Shu bois, kechagi bahsdan keyin Lopetegi futbolchilar bilan suhbatda, har ehtimolga qarshi, xayrlashib qo'ydi.
Ehtimol, Lopetegi o'yinchilar bilan boshqa mashg'ulot o'tkazmasligi mumkin. Agar u lavozimidan chetlatilsa, jamoani Ispaniya kubogi doirasida bo'ladigan «Melilya»ga qarshi o'yinga «Kastilya» bosh murabbiyi Solari tayinlaydi. Boisi, Antonio Konte bilan shartnoma imzolash jarayoni juda tez ro'y bermasa kerak.
Xulen Lopetegi to'rt yarim oylik birgalikdagi faoliyat uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi. Murabbiy hali rasman iste'foga chiqarilmagan bo'lsa-da, futbolchilardan "rozi-rizolik" so'rab qo'ydi.