Ajoyib xabar.
Madridning "Real" klubi FIFA kunlari paytida 3-kungi mashg'ulotlarni o'tkazdi. Quvonarlisi unda jarohatida tuzalib safga qaytgan Marselo umumiy guruh bilan mashg'ulot o'tadi. Braziliyalik shu tarzda 20-oktyabr kuni "Levante"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Shuningdek, Isko ham safga qaytdi, biroq u hali yakka tarzda yengil mashqlarni bajarmoqda. Isko "El Klassiko"gacha maydonga tushmasligi haqiqatga yaqinroq (28-oktyabr). Qolgan jarohat olgan futbolchilar Dani Karvaxal va Karim Benzema hali mashg'ulotlarni boshlamadi.
Bobojonov