«Real» hujumchisi Garet Beyl yozda «MYu» klubiga o'tishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko'ra, «MYu» 2013 yilda uni «Tottenhem»da o'ynab yurganidayoq qo'lga kiritmoqchi edi. Ammo Beyl «Real»ga o'tishni xohladi. Endi mankunianlar yana bir bor futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rmoqchi.
Joriy mavsumda Beyl jarohatlar girdobida qolib, bor yo'g'i 19ta o'yinda maydonga tushgan. Uning hisobida 7ta gol va 2ta golli uzatma bor. Uning «Real» bilan imzolagan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.