«Real» yarimhimoyachisi Xames Rodriges mavsumlar oralig'ida «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin.
ESPN xabariga ko'ra, futbolchining vakillari «MYu» rahbariyatiga uning xizmatini taklif qilishgan.
25 yoshli futbolchi yozda Madridni tark etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Uning agentlari esa mijozi uchun boshqa klub izlamoqda.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilda xuddi shunga o'xshash holatda Anxel Di Mariya «MYu»ga o'tgan edi.