«Real» hujumchisi Garet Beyl jamoasining joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
«Chempionlar ligasida hamma kartalarimizni ochib tashlamadik, hali ko'zirlarimiz bor. Ishtiyoqimiz baland, biz chempionatda ham EChLda ham g'alaba qozonmoqchimiz.
Biz yaxshi o'ynamoqdamiz va vaqt o'tgan sayin o'yinimiz ochilib bormoqda. Biz har qanday raqibni mag'lub etishga qodirmiz, bunga ishonchimiz komil.
EChL finaliga chiqish va unda g'olib bo'lish osonmas. Bu juda og'ir bo'ladi, ammo kuchimiz etadi» - dedi Beyl.