"Real" forvardi Alvaro Morata faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
Marca nashri bergan ma'lumotga ko'ra Morataga Xitoydan 5 yillik shartnoma va yiliga 7 mln yevro maosh va'da qilishmoqda. Ammo futbolchining o'zi Xitoyda emas Angliya premyer-ligasida to'p surmoqchi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" futbolchi uchun da'vogar.