“Barselona”ning sobiq prezidenti Joan Gaspar Kataloniya klubining La Liga va Ispaniya kubogida zafar quchishini, “Real”ning esa EChLda mag'lubiyatga uchrashini istamoqda.
“Menimcha, ayni damda “Barselona” uchun eng muhimi — La Liga chempionligi. Men klubning “oltin dubl” qayd etishini, “Real”ning esa Chempionlar ligasida mag'lubiyatga uchrashini istayman.
Umid qilamanki, “Bavariya” yarim finalda vazifasini uddalay oladi. Agar nemis klubi buni eplay olmasa, ishonamanki, “Real”ni Chempionlar ligasining finalchisi mag'lub etadi.
Chorak final o'yinlari men uchun og'ir kechdi. Dastlab “Barselona”ning mag'lubiyati, keyin esa “Real”ning g'alabasi meni ranjitdi. “Yuventus”ga muxlislik qilgandim, ammo hammasi barbod bo'ldi”, dedi Gaspar.