"Real" yarimhimoyachisi Isko "Granada" bosh murabbiyi Toni Adams ustidan kuldi, bu haqida ispan OAV xabar berib o'tadi.
Isko zahira o'rindig'ida o'tirarkan kastyum-shim va jilet kiygan Adamsga: "Ey, ofitsiant, menga coca-cola olib keling, iltimos" - deb masxara qiladi. Jamoadoshlar esa bu vaziyatga iliq munosabat bildirishdi.
Eslatib o'tamiz, Toni Adams futbolchilik faoliyatida - 4 karra Angliya chempioni, 3 karra Angliya kubogi sohibi va 2 karra Angliya liga kubogini qo'lga kiritgan.