"Flamengo" hujumchisi Vinisius Junior kecha ertalab Rio-de-Janeyroda tibbiy ko'rikdan o'tdi va ko'rik natijalarini "Real Madrid"ga jo'natishdi, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi.
16 yoshli hujumchi ushbu haftada "Flamengo" bilan professional faoliyatidagi ilk shartnomasiga imzo chekadi. Junior 2018-yil yozda 18 yoshga to'lganidan so'ng "Real Madrid" safiga kelib qo'shiladi. Madridliklar 16 yoshli hujumchi uchun kurashda "Barselona"ni yengib chiqdi. Qolaversa, Vinius "Real"ga ko'chib o'tishda bir shart bilan rozi bo'ldi. Futbolchi "Madrid" a'zosiga aylangandan so'ng darxol asosiy jamoada to'p surmoqchi, ya'ni "Kastilya"da faoliyatini davom ettirmoqchi emas. Buni futbolchining o'zi va uning yaqinlari "Qirollik klubi"ga bildirib o'tdi.
Ma'lumot uchun, "Real" hujumchi uchun 40 mln yevro to'laydi, qo'shimcha ravishda esa yana 21 mln yevro bonus sifatida "Flamengo" klubiga to'lab boriladi.