"Barselona" himoyachisi Jerard Pike terma jamoadagi futbolchilar messenjerlar orqali o'zaro suhbat qurib turishini aytib o'tdi.
"Men sizlarga kichik xaqiqatni aytib o'taman. Barcha biladi, futbolchilar WhatsApp messenjerlarini ishlatishadi. Menda do'stlar uchun alohida va "Barselona"dagi jamoadoshlarim uchun alohida akkountim bor. Lekin meni sevimli suhbatxonam bor, bu sizlarni ajablantiradi. "Barselona" "Real"dan 8-9 ochko ortda qolayotgan payti bu guruhni ochdim va Ispaniya terma jamoasida o'ynaydigan "Real" va "Barselona" futbolchilarni guruhga qo'shdi.
Agarda siz OAV o'qisangiz bizni birimizga dushman sifatida qaraysiz. Ammo bunday emas, biz bu guruhda taktiklar o'yin uslubi va xattoki kitoblar haqida suhbat quramiz.
Biz xuddi yosh bolalar kabimiz. Va hozir men uchun eng kulguli vaziyat, chunki biz "Real"dan 15 ochko oldindamiz. Men o'z javoblarimni juda kreativ tarzda yo'llamoqdaman.
O'tgan mavsumda "Real"dagi do'stlarim g'alaba qozonganlaridan so'ng hamma joyda o'zlarini juda erkin xis etgan edilar. Ula meni ko'rgan zaxotiyoq menga gapirishar edi, xa faqat meni ko'rsatishardi. Ular Skala kabi mushaklarini ko'rsatib "Hala Madrid" deyishar va har doimgi kubok emojilarini qo'yishar.
Bu mavsumda hammasi o'zgardi. Ular instagramda: "3 ochko, ishlashda davom etamiz" - deb yozishmoqda. Men esa WhatsAppda: "Bolalar nega jiddiysizlar? Men chatimizga maxsus nom berdim: "Tabriklayman!" - deydi Pike.
Bobojonov