Madridning "Real" klubi himoyachisi Pepe "PSJ" klubi tomon katta qadam tashladi, bu haqida Cadena Ser nashri xabar berib o'tadi.
Portugaliyaliyalik futbolchining "Madrid" bilan tuzgan shartnomasi yakunlanishiga 1 oy vaqt qoldi, hozirda unga bir qator Xitoy klublaridan taklif tushmoqda. Ammo himoyachi JCH-2018 qatnashish maqsadida Yevropada qolmoqchi. 34 yoshli futbolchini hozirda o'z jamoasida "PSJ" klubi ko'rishni istayapdi.
Ushbu mavsumda Pepe La Ligada 13 o'yinda maydonga tushib 2 ta gol va 1 ta golga assistentlik qilgan.