"PSJ" yarimhimoyachisi Marko Verrattining agenti Mino Rayola EChL nimchorak finalida "Real" bilan uchrashuvda o'zining mijozini chetlatgan hakamga noroziligini bildirdi.
"Menimcha, Markoning reaktsiyasiga hakam oshiqcha baho berib yubordi. Bu futbolchining shunchaki achchig'i edi, xolos. Ronaldu esa undan ko'ra, qattiqroq va keskinroq norozilik bildirgan edi, ammo hakam uni kechirdi. Chetlatishgacha Verratti maydonda eng yaxshilarning biri bo'lib turgan edi", - deydi Rayola.