"PSJ" bosh murabbiyi Unai Emery "Real"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
"Men "Real"ning eng kuchli tarkibiga qarshi o'ynashni xohlayman. Uchrashuv mavsumdagi eng muhim o'yinlardan biri, "PSJ" muxlislariga va butun Fransiya uchun muhim baxs. Bu o'yin oldinga intilish uchun muhim qadam bo'ladi. Di Mariya o'yinga tayyor, u Chempionlar Ligasida qanday o'ynashni biladi. Motta va Lass ham jangga tayyor, bu futbolchilarda katta tajriba bor, bularning qay birini tanlash men uchun og'ir. Ertaga mening har bir futbolchim muhim ro'l o'ynaydi, xoh asosiy tarkibda tushsin xoh zahiradan. Biz sovuq bosh va olovli yurak bilan o'ynashimiz kerak", - deydi Emery.
Bobojonov