"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 25-turida "Alaves" ustidan qozonilgan g'alabaga (4:0) sharh berdi.
O'yin oxirlarida Krishtianu Ronaldu penalti tepish imkoniyatini jamoadoshi Karim Benzemaga berdi.
"Krishtianuning bu ishidan mamnunman, bu jamoaviy o'yin. U Benzema bilan juda yaxshi chiqishadi. Karim juda yaxshi o'yin o'tkazdi va gol urishga munosib edi.
Beyl – Benzema – Ronaldu triosi o'zini 100 foizga ko'rsatdi. Biz ularning har doim shunday bo'lishlarini istaymiz. Lukas ham yaxshi o'ynadi", - deydi Zidan