«Barselona» sobiq yarimhimoyachisi Xavi Evropa chempionlar ligasining «Real» va «PSJ» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvi (3:1) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Real» nimadir qildi. Ularga qarshi vaziyatlarni qo'ldan boy berib bo'lmaydi, chunki ular buning uchun jazolashadi.
Eng qo'rqinchlisi ular maydonda hech narsa qilmasdan turib ham g'alaba qozonib keta olishini yana bir bor isbotladi. G'alaba qozonish uchun jamoada etarlicha qarshi hujumlar bo'ldi.
«PSJ» bunday katta farqda yutqazishi adolatdan bo'lmadi. Hisob aslida 1:1, 2:2 yoki 2:1 hisobida ularning foydasiga hal bo'lishi kerak edi.
Buni tushuntirib bo'lmaydi. «Real» o'ynamadi, lekin g'alaba qozondi. Bu uchrashuvda bir-biridan farq qilgan bir necha yo'nalishlar bo'ldi. Ba'zi o'rinlarda «PSJ» yaqqol ustunlik bilan o'ynayotgani ko'zga tashlandi. Men uchun, bu kecha «Real» kuchli ko'rinmadi, ammo o'yin davomida ustunlik qiladimi yo'qmi, bu jamoaga farqi yo'q, muhimi natija.
Ularning o'yin falsafasi juda oddiy — shunchaki g'alaba qozonish. Mana nimaga «Santyago Bernabeu»da o'ynash qiyin. «PSJ» xuddi «Barsa»dek o'ynagandi», – deya gapirib o'tgan Xavi.