Bir necha oylardan beri (balki yillar) Madridning "Real" klubi hujum chizig'iga munosib vakil topa olmayapdi. Kunlar o'tib mana "PSJ"ga qarshi o'yinga 10 kun qoldi.
Vaqtlar zudlik bilan o'tmoqda, ammo vaziyat o'sha-o'sha axvol. "PSJ" bilan o'yinga 53 kun qolganda "Barselona"dan (0:3), 37 kun qolganda "Selta" bilan (2:2), 35 kun qolganda xurmat saqlagan xolda qayoqdagi "Numansiya" bilan (2:2), 32 kun qolganda "Villarreal"dan mag'lubiyat, 21 kun qolganda "Leganes"ga mag'lub bo'lish (1:2) va mana 10 kunga ham yetib keldik (2:2, "Levante").
Qishgi transferlda jamoani kuchaytirish uchun hech qanday e'tiborli vaziyatlar yuzaga kelmadi, xattoki muzokara ham o'tkazilmadi. To'g'ri so'nggi kunlarda Ikardi "ertagi" to'qib chiqildi va bu ertakdan OAV yaxshigina pul ishlab oldi.
"PSJ" bilan o'yindan oldin "Madrid" gol o'tkazib yuborish muammosi xal qila olmadi, raqiblar bemalol darvozamizga istalgan joyda, istalgancha gol kiritmoqda, xattoki u Segunda jamoasi "Numansiya" bo'lsada. Bu jamoa maqsadsiz futbol o'ynamoqda, o'yindan o'yinga futbolchilarda bo'lgan g'alaba chanqoqlik ko'rinmayapdi.