"Qirollik klubi" futbolchilari joriy mavsum goleadorlik bobida avvalgi mavsumlarga nisbatan salbiyroq ko'rsatgich qayd etayotganliklariga qamay jarima maydoni tashqarisidan raqib darvozasini ishg'ol etishda master klass namoish etmoqdalar.
Madridlik futbolchilar "Valensiya"ga qarshi bahsda joriy mavsum 11-bor jarima maydoni tashqarisidan gol kiritishga erishdilar. Bu borada yetakchilikni Marko Asensio 5 gol bilan o'z qo'liga olgan. U "Barselona"ga qarshi Ispaniya superkubogining har ikki bahsida ham uzoq masofadan bittadan gol kiritishga erishgan bo'lsa, "Valensiya"ga qarshi 1-davra uchrashuvida (2:2) jamoasining har ikkala golini ham uzoq masofadan bergan zarbalari orqali o'z nomiga rasmiylashtirgan. So'nggi bor esa "Las-Palmas" bilan uchrashuvda jarima maydoni tashqarisidan gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Umuman olganda "Real"ning jarima maydoni tashqarisidan kiritgan gollarini Asensiodan tashqari Ronaldu (2), Modrich (2), Vaskez hamda Kroos (bittadan) o'z nomiga yozdirib qo'ygan./p>
RealBlancos