"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn «Real» prezidenti Florentino Peres bilan suhbatda o'z talabini ilgari surdi. Bu haqda Dario Gol xabar tarqatdi.
Hozircha angliyalik futbolchi "Qirollik klubi" safiga o'tish uchun rozilik berayotgani yo'q. Avvalo u Peresdan 3 nafar shaxsni jamoadan ketkazishni so'radi. Xarrining "qora ro'yxati"dan Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Zayniddin Zidan o'rin olgan. Keynning fikricha, Benzema va Ronaldu uning o'yin uslubiga mos kelmaydi.
Bundan tashqari, Keyn Zidanning o'rniga «Tottenxem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni tayinlanishini istamoqda. Peres uchun esa bosh murabbiylik lavozimiga asosiy nomzod Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyov hisoblanmoqda.