«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Alaves»ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya chempionatining 21-tur bahsida (2:1) jarimadan gol urdi.
Argentinalik futbolchi uchun bu gol La liga doirasida jarima zarbasi orqali urilgan 21-gol bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u Krishtianu Ronaldu (20)ni ortda qoldirdi va chempionat etakchisiga aylandi.