Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres «Vilyarreal» jamoasidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng juda ham jahli chiqqan.
Diario Gol nashrining xabar berishicha, Florentino Peres jamoasining navbatdagi mag'lubiyatidan so'ng juda ham jahli chiqqan. Klub rahbari o'z atrofidagilariga keyingi mavsumda 9 nafar futbolchidan voz kechishini aytib o'tgan.
Peres eng katta e'tiborini Ronalduga qaratib, uning maoshini oshirish haqidagi talablaridan charchaganini ta'kidlagan. Portugaliyalik ortida Beyl va Benzema ham ko'rish istagi yo'q.
Bundan tashqari madridliklarning rahbariga doimiy umidli 28 yoshli Nacho va o'zini yo'qotib borayotgan Marselo ham kerak emas. Ro'yxatning oxirida Navas, Xakimi va hattoki Modrich bilan Varan ham o'rin olgan.
Peres 2018 yilning yozida yangi «Real» tarkibini shakllantirmoqchi va o'z navbatida Zidanga ishonchini saqlab qolgan.