“Arsenal” yaqin orada jamoadan ketishi kutilayotgan Aleksis Sanchesning o'rniga Mauro Ikardini olib kelmoqchi.
“Abola.pt” nashrining yozishicha, Venger Ikardini “Arsenal”da ko'rmoqchi va uning tovon puli bo'lgan 110 mln evroni to'lashga tayyor. “Kanonirlar” Ikardining transferini imkon qadar tezroq hal qilishmoqchi, chunki Ikardiga “Real”, “Bavariya” va “PSJ” ham qiziqmoqda.