Londonning “Tottenxem” klubi hujumchi Xarri Keynni “Real”ga sotishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bu xabarni klub rahbari Deniel Levi tasdiqladi.
U Keyn uchun “Real” vakillaridan 300 millionto'lab berishlarini so'ragan. Ya'ni bu narx bilan Xarri sotilmasligini tushuntirib qo'ygan. Hozirgi vaqtda “shporlar” hujumchi bilan yangi shartnoma tuzishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Keyn 56 ta gol urib 2017 yilning eng sermahsul to'purariga aylandi.