Madridning “Real” klubi rahbariyati PSJ hujumchisi Neymarni sotib olish uchun moliyaviy hisob kitob o'tkazdi.
Xabarlarga ko'ra, “Real” prezidenti Florentino Peres Neymarni 32 yoshli Krishtianu Ronaldu o'rnini bosa oladigan futbolchi deb hisoblamoqda .
“Qirollik klubi” moliyaviy hisob kitoblarni ikki katta kompaniyaga yuklagan.
Kompaniyalar transferning moliyaviy tomonlarini hisoblab chiqishgan keyin agarda Neymar “Real”ga o'tadigan bo'lsa, jamoa byudjeti talofatga uchrashi mumkinligini ma'lum qilishgan.
Ammo, shunga qaramay “qirollik klubi” braziliyalik futbolchini sotib olish fikridan qaytmayapti.